«Bavariya» va Angliya terma jamoasining hujumchisi Garry Keyn «Oltin to'p» imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Men hech qachon o'zim haqida ko'p gapirishni yoqtirmaganman. Faqat bitta narsa aytishim mumkin: o'tgan mavsum shaxsiy va jamoaviy jihatdan ajoyib o'tdi. Bu, albatta, hayotimdagi eng yaxshi mavsum edi. 73 gol o'z-o'zidan gapiradi. Bu tarixda Messidan (2011/12 mavsumida 82 gol) keyin ikkinchi natija. Bunga juda faxrlanaman», — dedi Keyn MARCA'ga bergan intervyusida.
Shuningdek, hujumchi «Oltin to'p» uchun ovoz berishga hech qanday ta'sir ko'rsata olmasligini qo'shimcha qildi va o'tgan mavsum — bu allaqachon tarix ekanligini ta'kidladi. Hozirda u faqat yangi mavsumga e'tibor qaratmoqda.
Keyn, Messi yoki Yamal: kim 2026-yilda «Oltin to'p»ni qo'lga kiritadi?
