Hujumchi «Bavariya» Garry Kayn Ispaniya chempionatida o'ynashi mumkinligi haqida savolga javob berdi.
«Bu sodir bo'lishi mumkin bo'lgan lahzalar bo'ldi. Men La Ligaga katta hurmat bilan qarayman. «Barselona», «Real», «Atletiko» — bu dunyodagi eng katta klublardan biridir. Men Ronalduni va Messini kuzatib o'sdim. Futbolda har qanday narsa sodir bo'lishi mumkin. Men hech narsani istisno qilmayman, lekin hozirda Germaniyada baxtliman», — dedi Kayn MARCAga bergan intervyusida.
Kayn 2023 yildan buyon «Bavariya»da o'ynaydi. Hozirgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda olti o'yinda qatnashdi, to'rt marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va bir assist yozdirib qo'ydi.
33 yoshli Kaynning nemis klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
