Yakshanba kuni Fransiyaning 1-ligasi 4-turida «Lill» o'z maydonida «Troy»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Uy egalarining bu o'yindagi ustunligi aniq edi. O'yinning ikkinchi daqiqasida «Lill» jamoasi natijali hujum uyushtirdi, ammo Hakon-Arnar Haraldssonning goli bekor qilindi. 18-daqiqada esa «Lill» hisobni ochdi. To'pni darvozaga Tyaagu Santos kiritdi, assistent esa Dilan Bakva bo'ldi.
Ikkinchi taymda «Lill» o'yin ustunligini davom ettirdi. O'yin oxirida, qo'shimcha vaqtda, Ethan Mbappe g'alaba golini urdi, assistent esa Maurits Kyergo'r bo'ldi.


