Ataqchi yarimhimoyachi Xvicha Kvaratsxeliya «PSJ»da Luis Enrike boshchiligida ishlash haqida fikr bildirdi.

«Luis Enrike boshchiligida men maksimal darajada bo'lishim kerakligini angladim, chunki bu yerda har bir futbolchi asosiy tarkibga chiqish imkoniyatiga ega. Agar siz birorta xato qilsangiz, zaxiraga tushishingiz mumkin», - deya Kvaratsxeliyani Mundo Deportivo France Footballga tayanib keltirmoqda.

«PSJ»da Xvicha Kvaratsxeliya 85 ta o'yin o'tkazib, 28 ta gol va 20 ta assist qayd etdi.

Yakshanba kuni «PSJ» Brestga qarshi Ligue 1 doirasida mehmonlik o'yinini o'tkazadi.