«Pari Sen-Jermen» rekord darajada «Oltin to'p» ovoz berishida ishtirok etishi mumkin. Fransiyaning ulkan klubi nomzodlar ro'yxatida to'qqiz nafar vakil bilan o'zining o'tgan yilgi ko'rsatkichini oshirib, o'n nafar vakil bilan qatnashadi, deb xabar beradi jurnalist Ben Jeykobs. Bu yangi rekord: parijliklar o'tgan yilgi ko'rsatkichlarini oshirib, to'qqiz nafar nomzod bilan qatnashgan edilar.
Barcha nomzodlar ro'yxati seshanba kuni e'lon qilinadi. O'tgan yili mukofot Usmon Dembele («PSJ»)ga nasib etdi, ikkinchi o'rinda Lamin Yamal («Barselona»), uchinchi o'rinda esa Vitinya («PSJ») joylashdi. «Oltin to'p» taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi.
O'tgan mavsumda Luis Enrike boshqargan jamoa ikkinchi marta ketma-ket Chempionlar ligasini yutdi.
