Bivshiy «Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal fransuz Ligi 1 dan ikki taklifni rad etdi.

Footmercato ma'lumotlariga ko'ra, futbolchiga ikki noma'lum klub qiziqish bildirgan. Faqat shuni bilish mumkinki, ulardan biri chempionlik uchun kurashayotgan jamoa, ikkinchisi esa turnir jadvalining pastida joylashgan. Shuningdek, bu klub «Nitsa» yoki «Lans» emasligi ta'kidlangan.

Har ikkala holatda ham sport direktorlar unga asosiy tarkibda o'z o'rnini kafolatlamagan, balki uning xalqaro tajribasi va yuqori malakasini yosh futbolchilarni tarbiyalashda ishlatmoqchi bo'lgan. Shuning uchun Marsyal takliflardan voz kechishga majbur bo'ldi va hozirda 30 yoshida individual mashg'ulotlar bilan shug'ullanmoqda.

Marsyalning so'nggi klubi meksikalik «Monterrey» edi.