«PSJ»ning bosh murabbiyi Luis Enrike o'z jamoasining Fransiya chempionatidagi «Monako»ga qarshi o'tgan o'yinini baholadi. Uchinchi turdagi uchrashuv monakoliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

«Agar biz shunday o'ynasak, o'n o'yindan sakkiztasini yutamiz, bir g'alaba «Monako»da bo'ladi va, ehtimol, yana bir uchrashuv durang tugaydi. «Monako» buni tushunadi. Lekin aynan shu futbolni go'zal qiladi», — deydi Enrike so'zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltirmoqda.

«PSJ» yangi mavsumda Liga 1ning dastlabki uch turida birorta g'alaba qozonmadi. Hozirda amaldagi chempion 2 ochko bilan turnir jadvalining 12-o'rnida turibdi.