Fransiya chempionatining yuqori ligasining navbatdagi, to'rtinchi turida «Marsel» yana bir mag'lubiyatga uchradi, bu safar ular «Renn»ga minimal hisobda yutqazdi. 

Bu Bruno Jeneziyo uchun chempionatdagi to'rt boshlang'ich o'yinda uchinchi mag'lubiyat bo'ldi. U «Marsel» tarixida shunday yomon boshlovchi to'rtinchi murabbiy bo'lib qoldi.

So'nggi marta shunday mag'lubiyatga uchragan murabbiy 1977 yilda xorvat Ivan Markovich bo'lgan - u ham to'rt o'yinda uch marta yutqazgan. Yana ikki holat esa 1946 yilda Jul Devak va 1938 yilda Andre Gaskar bilan bog'liq.