«PSJ» jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening shartnomasini uzaytirgani haqida e'lon qildi. Yangi kelishuv 2030 yilgacha mo'ljallangan.
Shuningdek, Lukas Beraldo, Senni Mayulu, Joao Neves va Vilyan Pacho bilan shartnomalar 2031 yilgacha uzaytirilgan. Fabian Ruis bilan esa yangi kelishuv 2028 yilgacha imzolandi.
Enrikening rahbarligida parijliklar ikki marta ketma-ket Chempionlar Ligasi g'olibi bo'lishdi. Avvalgi paytlarda esa ular ushbu turnirda hech qachon g'alaba qozonmagan.
Ispan mutaxassisi jamoani 2023 yil 5 iyulda boshqara boshladi. Shundan so'ng klub uch marta ketma-ket Frantsiya chempionligini qo'lga kiritdi.
2026/2027 yilgi Liga 1 mavsumining ikki turidan so'ng «PSJ» 2 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.
