Himoyachi Ashraf Xakimi Fransiya chempionatidagi «Brest»ga qarshi o'yinda jarohat oldi. Dushanba kuni «PSJ»ning rasmiy saytida marokashlik futbolchining tahlil natijalari haqida ma'lumot e'lon qilindi.
Xakimida o'ng sonining yengil cho'zilishi aniqlangan. Kelgusi ikki kun davomida futbolchi davolanishdan o'tadi. Shundan so'ng parijlik klub Ashrafning holati haqida yangilangan ma'lumotni e'lon qiladi.
Fransiya chempionatining keyingi o'yini «PSJ» 20-sentabr, yakshanba kuni o'tkazadi. Ushbu kunda Luis Enrike boshqaruvidagi jamoa «Marsel»ga qarshi safarda o'ynaydi.
O'tgan to'rt turda Ligi 1da «PSJ» besh ochko to'pladi.
