«PSJ» va Ispaniya terma jamoasining yarimhimoyachisi Fabian Ruiz 2026 yilda «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
- Bu har bir futbolchining orzusi. Nima uchun bu yili buni amalga oshirmaslik kerak? Men ushbu trofeyni boshimga ko'tarishga yaqinlashishni orzu qilaman. Menga ko'p jamoaviy mukofotlarni yutish nasib etdi, lekin shaxsiy mukofotlar juda kam. «Oltin to'p»ni olish men uchun katta sharaf bo'lardi, - deydi Ruiz The Touchline sahifalarida.
«PSJ» bilan birga ispan futbolchisi Chempionlar ligasi va Fransiya chempionatini yutdi, shuningdek, Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, «Oltin to'p»ni topshirish marosimi 26 oktyabrda Londonda bo'lib o'tadi.
