Ispaniyalik hujumchi Ferran Torrres «PSJ»ning bosh murabbiyi Luis Enrike haqida fikr bildirdi. Hujumchi o'tgan yozda kataloniyaning «Barselona» klubidan parijning ulkan klubiga o'tdi.

«Enrike men uchun otaday bo'lib qoldi. Bu, men mamlakat terma jamoasida o'ynay boshlaganimdan keyin ro'y berdi. U har doim menga ishonardi. Hozir ham menga ishonadi va meni «PSJ»ga taklif qildi. Bu murabbiy menga ishonch bag'ishlaydi. Unga minnatdorchilik bildirmoqchiman», - deydi futbolchi AS nashriga bergan intervyusida.

26 yoshli ispan futbolchisi transferi fransuz gigantiga 48,5 million evroga tushdi. Torrres «PSJ» bilan 2031 yilning iyunigacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.