«PSJ» hujumchisi Usman Dembele parijlik klubda o'z faoliyatini davom ettiradi. Tomonlar yangi uzoq muddatli shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdilar.
L’Equipe ma'lumotlariga ko'ra, 29 yoshli fransuzning yangi shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Shartnoma yaqin kelajakda rasmiylashtiriladi. Shuningdek, Dembelega Saudiya Arabistonidan qiziqish bo'lgan, ammo futbolchi Parijda qolishga qaror qildi.
Dembele «PSJ» sharafini 2023 yil yozidan beri himoya qilmoqda, u «Barselona»dan o'tgan. U fransuz klubi safida jami 138 o'yin o'tkazib, 61 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 43 assist berdi.
