«Lans»ning bosh murabbiyi Dino Toppmoller lavozimidan ozod etiladi. Bu haqda SO FOOT xabar bermoqda.

Germaniyalik mutaxassis jamoa boshida atigi 28 kun ishladi. Bu vaqt ichida «Lans» 6 ta uchrashuv o'tkazdi. Shunday qilib, Toppmoller Ikkinchi jahon urushidan keyin klub tarixida bosh murabbiy sifatida eng qisqa muddat ishlash bo'yicha antirekord o'rnatishi mumkin. Oldingi rekord Giy Ru'ga tegishli: 2007 yilda u jamoani 7 ta o'yinda boshqargan.

Toppmollerni iste'foga chiqarish qarori, «Lans» so'nggi yillarda barqarorlikka e'tibor berayotgan bir paytda kutilmagan bo'ldi. Biroq, mavsum boshida murabbiy ko'plab jarohatlar tufayli kuchsizlangan tarkib bilan ishlagan.

Konfliktning sababi sifatida Toppmollerning yordamchisi Nelson Morgado ko'rsatilmoqda. Klub rahbariyati uning jamoa bilan aloqa va o'zaro hamkorlikdagi muammolar sababli shtabdan chiqarishni xohlagan. Toppmoller esa o'z yordamchisiga bog'langanligi sababli bunga qarshi chiqqan.

«Lans»ning vaqtincha bosh murabbiyi sifatida avval klubning murabbiylar shtabida bo'lgan Jan-Lui Leka tayinlanishi mumkin.