Fransuz «Pari Sen-Jermen» yaqinda o'zining shaxsiy transfer rekordini yangilaydi.
Avvalroq Ibrahim Mbayening «PSJ»dan «Aston Villa»ga o'tishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Ushbu bitimdan parijliklar taxminan 55 million evro daromad olishadi. Bundan tashqari, tez orada «Liverpul»ga Braddli Barkola 140 million evroga jo'natilishi kutilmoqda.
Agar ikkala bitim amalga oshsa, «PSJ» jami 360 million evroga futbolchilarni sotadi. RMC Sport ma'lumotlariga ko'ra, bu klub uchun bitta transfer oynasida yangi rekord bo'ladi.
Avvalroq Luis Enrike boshqaruvidagi jamoa «Lill»ga qarshi g'alaba qozonolmagan (2:2). Ikki turdan so'ng jamoaning hisobida atigi ikki ochko bor.
