«Lill» rasmiy ravishda 26 yoshli Paragvay terma jamoasi darvozaboni Orlando Xilning transferi haqida e'lon qildi. U bilan tuzilgan shartnoma 2031 yil yozigacha amal qiladi.
Xil fransuz klubiga Berke Ozerning zaxira darvozaboni sifatida qo'shiladi. U Paragvay terma jamoasi safida 11 ta o'yin o'tkazgan va 2026 yilgi jahon chempionatida darvozani himoya qilgan.
«Lill»ga o'tishidan oldin darvozabon faqat Janubiy Amerikada - Argentina «San-Lorenso» va Paragvayning «Sportivo San-Lorenso» jamoalarida o'ynagan. O'tgan mavsumda Xil 26 ta o'yinda ishtirok etib, 22 gol o'tkazib yuborgan va 13 marta darvozani bo'sh saqlagan.
Transfermarkt portaliga ko'ra, transfer summasi 3,7 million evro tashkil etdi.
