«Monako»ning bosh murabbiyi Filipe Luis jamoaning Fransiya chempionatidagi liderligi haqida fikr bildirdi.

«Siz meni bilasiz, men bu vaziyatda kamtar bo‘lib qolishni xohlayman, garchi dastlabki beshta o‘yindagi o‘yiniimizdan mamnunman. Lekin oldinda hali uzoq yo‘l bor, ko‘plab qiyinchiliklar kutmoqda. Albatta, g‘alabadan bahramand bo‘lish va tiklanish kerak, lekin keyin Tuluza bilan keyingi o‘yinga tayyorlanishimiz kerak», — deydi murabbiy klubning matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Fransiya chempionatining beshinchi turida «Monako» o‘z maydonida «Lans»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba monakoliklarga turnir jadvalining yuqorisida qolish imkonini berdi. Hozirda Luis boshqaruvidagi jamoaning 13 ochkosi mavjud.

«Monako» murabbiyi: «Golovin meni g‘ururlantirdi»