O'ng qanot himoyachisi «Strasburg» Gela Due «Pari Sen-Jermen»ga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolieri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, parijliklar transfer oynasi tugashidan oldin o'ng qanot va markaziy himoyada o'ynay oladigan universal himoyachini qo'shib olishni xohlamoqda. Due aynan bu tavsifga mos keladi.
Hozirda shartnoma tuzish jarayoni dastlabki bosqichda. Muzokaralar allaqachon o'tkazilgan, lekin jiddiy yutuqlar hali yo'q.
Ushbu mavsumda 23 yoshli ivoriyalik Fransiya chempionatida bitta o'yinda ishtirok etgan, lekin hech qanday natija qayd etmagan.
Due ning «Strasburg» bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt mutaxassislari o'yinchini 20 million evroga baholamoqda.
