«PSJ» rahbariyati portugaliyalik yarimhimoyachi Renatu Sanseshdan qutulmoqchi. Parijliklar 29 yoshli futbolchini yangi jamoa topmasa, mehnat shartnomasini bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Sebastyan Denis xabar bermoqda.

Sansesh uchun MLS va Saudiya Arabistoni chempionatida ish takliflari mavjud edi, ammo portugaliyalik Yevropada faoliyatini davom ettirishni xohlaydi.

U oldin «Roma», «Benfika» va «Panatinaikos» jamoalarida ijarada o'ynagan. Futbolchining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Transfermarkt portalining mutaxassislari portugaliyalikning bozor qiymatini ikki million evro deb baholamoqda.