«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchi Ferran Torresning «Barselona»dan parij klubiga o'tishi haqida fikr bildirdi.
- Men Ferran Torresning kelishi bilan juda xursandman. U yuqori darajadagi o'yinchi. Biz uni juda yaxshi bilamiz. U bizning talablarimizga moslashadi va hujumda har qanday pozitsiyada o'ynay oladi. Uning o'tishi biz uchun ajoyib yangilik, - deydi murabbiyning so'zlarini jurnalist Fabrizio Romano yetkazdi.
Parijliklar bugun, 15-avgustda hujumchi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzilganini ma'lum qildilar. OAVda ilgari xabar berilganidek, «PSJ» futbolchi uchun taxminan 50 million evro to'laydi.
Shuni ta'kidlash joizki, Luis Enrike avval Ferran bilan Ispaniya terma jamoasida ishlagan.
