«Parij» Emmanuel Mbemba himoyachisini «PSJ»dan sotib olganini e'lon qildi. 19 yoshli futbolchi klub bilan 2030 yilgacha shartnoma imzoladi.
U avvalroq «PSJ»ning yoshlar jamoasida o'zini ko'rsatgan va Fransiya yoshlar terma jamoalarida o'ynagan. U yangi jamoaga erkin agent sifatida qo'shildi.
«Biz Emmanuelni «Parij»da kutib olishdan mamnunmiz. U bizning loyihamizni tanlaganidan juda xursandmiz. Emmanuel zamonaviy va iste'dodli chap oyoqli himoyachi. Uning ko'p qirrali, o'yin uslubi, ishtiyoqi va qat'iyligi bizga ta'sir qildi», - dedi «Parij»ning sport direktori Marko Neppe.
Avvalroq futbolchiga Londondagi «Arsenal» qiziqqan edi.




