«Marsel»ning qanot o'yinchisi Meyson Grinwud tez orada turkning «Fenerbahce» jamoasiga o'tadi. Ushbu ma'lumotni jurnalist Nikolo Skira taqdim etdi.

Manbaning xabarlariga ko'ra, Grinwudning transferi oxirgi bosqichga yetdi. Futbolchini sotib olish «Fenerbahce»ga 45 million evroga tushishi kutilmoqda. Grinwud 2030 yilgacha bo'lgan mehnat shartnomasini imzolaydi va yiliga sakkiz million evro maosh oladi. Shuningdek, u ikki million evrogacha bonuslar olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'tgan mavsumda qanot o'yinchisi barcha musobaqalarda 45 marta maydonga tushdi. Bu vaqt ichida u 26 gol urdi va 11 golga assistentlik qildi.