«Monako» Pol Pogbadan bu yozda ajralish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Fransuz yarim himoyachisi doping uchun uzoq muddatli diskvalifikatsiyadan so'ng, o'tgan mavsumda faqat 6 ta o'yin o'ynadi va jami 115 daqiqa maydonda bo'ldi.
«Monako»ning bosh direktori Tyaqo Skuro Pogbaning kelajagi to'g'risida qaror uning jismoniy holati va tayyorgarlikdagi taraqqiyotini baholagandan so'ng qabul qilinishini ta'kidladi.
«Bu murakkab mavzu, chunki biz Polni juda hurmat qilamiz. Klubga kelganidan beri u juda ijobiy ruhda bo'ldi. Ammo, shuni ham aytish kerakki, uning uchun mavsum muvaffaqiyatli o'tmadi. Yozda ish boshlaganimizda, kutganlarimiz mutlaqo boshqacha edi», - deydi Skuro GFFNga.
«Biz unga nisbatan adolatli bo'lishimiz kerak, har hafta uning tayyorgarligini, jismoniy va texnik jihatdan qanday taraqqiy etishini kuzatamiz. Shundan so'ng qarorni murabbiy qabul qiladi. Bizda yoz bor, Pogba qaysi darajada bo'lishini ko'rishimiz kerak. Ehtimol, u qoladi, ehtimol, ketadi».
Pogba «Monako»ga o'tishidan va diskvalifikatsiyadan oldin «Yuventus» va «Manchester Yunayted» kabi klublarda o'ynagan.




