Stambulning «Fenerbahce» klubi chorshanba kuni «Marsel»ga Meyson Griynvudning transferi bo'yicha rasmiy taklif yubordi. Bu haqda Fabris Xoukins xabar bermoqda.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, provansalardan stambulga 50 million evro talab qilingan. «Fenerbahce» esa 40 million evro to'lashga va so'ralgan summaga yaqinlashish uchun bonuslar qo'shishga tayyor.
O'z navbatida, Griynvud Boshfor bo'ylariga ko'chishga qarshi emasligi aytilmoqda.
Griynvud – «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2024 yilda u «Marsel»ga doimiy asosda qo'shilgan. Hozirda uning fransuz klubi bilan tuzilgan shartnomasi yana uch yilga mo'ljallangan.




