Yarim himoyachi va «Lyon» kapitani Korenten Tolisso yaqin kunlarda klub bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda L'Équipe xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 31 yoshli futbolchining hozirgi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi va u rahbariyat bilan kelajakda yana ikki mavsumga shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi. Rasmiy imzo hafta boshida kutilyapti.
Yangi shartnomaning asosiy sharti futbolchining maoshini kamaytirish bo'ladi. So'nggi paytlarda «Lyon» moliyaviy muammolar bilan yuzlashmoqda, bu esa jamoaning Ligue 1 dan chiqarilishi xavfini tug'dirdi. Natijada klub maosh fondi va transfer xarajatlari bo'yicha qattiq cheklovlarga duch keldi.
O'tgan mavsumda Tolisso Frantsiya chempionatida 30 ta o'yin o'tkazdi, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.




