Fransuzning «Marsel» klubi 37 yoshli hujumchi Pyer-Emerik Obameyangdan qutulishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Marsel» Obameyangni uning yuqori maoshidan kelib chiqib sotmoqchi. Klub gabo'nlik futbolchini 1,5 million evro evaziga qo'yishga tayyor. Unga «Trabzonspor», «Besiktash», «Chorum» va shuningdek Ispaniya, Italiya va AQShdan klublar qiziqmoqda.
Obameyang o'tgan yozda «Marsel»ga qo'shilgan va ikki yillik shartnoma imzolagan. O'tgan mavsumda Obameyang 41 uchrashuvda ishtirok etib, 14 gol urdi va 10 ta golli pas berdi.




