Yana bir yangilik «Marsel»dan - klub logotipidan so'ng, stadionning nomi ham o'zgardi, endi u «CEPAC Velodrom» deb ataladi.

Bu, klubning moliyaviy hamkori bo'lgan sug'urta kompaniyasi Caisse d'Epargne (CEPAC) nomi bilan bog'liq, deydi RMC Sport. Shartnoma yetti yilga imzolandi va har yili «Marsel»ga 2,5 million evro keltiradi.

Shuni ta'kidlash kerakki, «Marsel» va CEPAC o'rtasidagi munosabatlar 1986 yildan boshlangan, ammo hozir kompaniya klub bilan yanada yaqinlashishga qaror qildi - bu so'nggi bir yilda «Marsel»dan kelgan kam sonli yaxshi yangiliklardan biridir.