«PSJ» va Rossiya terma jamoasi darvozaboni Matvey Safonov sobiq rafiqasi Anastasiya bilan sudda muammolarni hal qilishda davom etmoqda. Qiz sudga murojaat qilib, Safonovni Parijdagi shartnomasi bo'yicha daromadlarini yashirishda ayblamoqda. 

Safonov har oy 150 ming rubl miqdorida aliment to'laydi. Anastasiya esa, alimentlar uning haqiqiy daromadlari emas, balki Rossiyadagi ma'lum bir rasmiy maoshidan hisoblanganini ta'kidlamoqda. 

U, shuningdek, Konstitutsiya sudidan Safonovni «PSJ»dagi maoshini oshkor qilishga va daromadlarini yashirish sabablari haqida tushuntirish berishga majbur qilishni xohlaydi. Bularning barchasi haqida Sport24 manbasi orqali ma'lumotlar olingan.

Matvey Safonov 2024 yilning yozidan beri «PSJ»da o'ynaydi.