Mashhur rossiyalik sharhlovchi Dmitriy Guberniev «Monako» yarimhimoyachisi Aleksandr Golovinning jarohati haqida fikr bildirdi. Jarohat tufayli u yaqinlashayotgan BETBOOM do'stlik o'yinlarida ishtirok eta olmaydi.
«O'ylaymanki, terma jamoada Aleksandrni almashtirish uchun kimnidir topishadi. Jarohatidan tezroq tuzalishini tilayman. Ushbu o'yinlarda uni ko'ra olmaymiz, juda afsus», - deya Gubernievning so'zlarini Rusfootball yetkazdi.
Noyabr oyida Rossiya terma jamoasi uchun ikki do'stlik uchrashuvi rejalashtirilgan. Valeriy Karpin boshqaruvidagi jamoa O'zbekiston va Venesuela bilan o'ynaydi.
2022 yil fevralidan beri milliy jamoa xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlatilgan.
