Rossiya terma jamoasi va Monako yarim himoyachisi Aleksandr Golovin Fransiya chempionati doirasida «Le-Man» jamoasiga qarshi o'yin davomida jarohat oldi. Jarohat sababli futbolchi 54-daqiqada maydondan chiqib ketdi.
Bugun, 9-noyabr kuni, jurnalist Anar Ibragimov ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berganidek, o'yinchi MRG (magnit-rezonans tomografiya) tekshiruvidan o'tadi va jarohatning jiddiyligi aniqlanadi.
Jarohat tufayli Golovin kelgusi BETBOOM do'stlik o'yinlarida O'zbekiston va Venesuela terma jamoalariga qarshi o'ynash imkoniyatini yo'qotishi mumkin. O'yinlar 12 va 17-noyabrda bo'lib o'tadi.
Hozirgi mavsumda Fransiya chempionati doirasida Aleksandr o'nta o'yin o'tkazdi va uchta golli uzatmaga erishdi.
