«PSJ» himoyachisi Ashraf Hakimi xalqaro tanaffusgacha klub uchun o'ynamaydi. Marokashlik futbolchi dam oladi.

Bu qarorni parijliklarning bosh murabbiyi Luis Enrike va uning yordamchilari qabul qilgan, deb xabar beradi insayder Fabrizio Romano.

2026/2027 yilgi mavsumda Hakimi barcha klub musobaqalarida 14 ta o'yin o'tkazdi, unda uchta gol urdi va uchta golli uzatma berdi. Hakimi barcha gollarini «Gavr»ga qarshi Liga 1 ning to'qqizinchi turida kiritdi va bu uning karerasidagi birinchi xet-trik bo'ldi.

28 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha davom etadi. Uning bozor qiymati, Transfermarkt portaliga ko'ra, 80 million evroni tashkil etadi.