Turkiyalik jurnalist va sharhlovchi Ugur Karakullukcu Galatasaray yarim himoyachisi Aleksey Batrakovga qiziqish haqida mish-mishlarga javob berdi.
“Ingliz klublari Batrakovni 55 million evro to'lov bilan hech qachon sotib olmaydi. Buni amalga oshirishga qodir yagona klub — “PSJ”. Lekin, menimcha, bu haqida hozircha gapirish uchun erta. Biz Batrakovning o'yinini yana ikki yil kuzatamiz”, — dedi Karakullukcu.
Oldinroq, ommaviy axborot vositalarida 21 yoshli rossiyalik futbolchiga “PSJ”, “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Barselona” va boshqa ko'plab klublar qiziqish bildirgani haqida xabar berilgan edi.
Galatasaray tarkibida Batrakov barcha musobaqalarda 12 ta o'yin o'tkazdi, besh marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
