«PSJ» yarim himoyachisi Fabian Ruiz Vilyarreal ustidan 6:0 hisobidagi qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
Ispan futbolchisi, g'alabani Segundadagi o'yin davomida darvozabon bilan to'qnashuv natijasida hayotdan ko'z yumgan vatandoshi Xesus de Miguelga, shuningdek, Toledo viloyatidagi temir yo'l falokatida halok bo'lganlarga bag'ishlaganini aytdi.
«Avvalo, Xesus de Miguelning oilasi va yaqinlariga chuqur ta'ziya bildirmoqchiman. Bu g'alaba unga, shuningdek, Ispaniyadagi temir yo'l falokati qurbonlariga bag'ishlanadi. Men mamlakatimga to'liq qo'llab-quvvatlashimni bildirmoqchiman.
Biz juda yaxshi o'ynadik. O'yinimizni to'rtta gol bilan boshladik - bu hal qiluvchi rol o'ynadi. Shundan so'ng, biz biroz tinchroq o'ynadik», - deya Ruizni «PSJ» matbuot xizmati iqtibos keltirmoqda.
Luis Enrike jamoasi 12 ochko to'plab, Chempionlar ligasi turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda.
