«Pari Sen-Jermen»ning qanot himoyachisi Ashraf Haqimi 2021 yilda Lionel Messi jamoaga kelishi uning o'yiniga qanday ta'sir qilgani haqida gapirib berdi.

«Messi kelganda, «PSJ» loyihasi o'zgardi. Bizning o'yin uslubimiz ham o'zgardi. Men o'zimga yoqadigan narsalarni, masalan, hujum qilishni ko'proq qila olmadim. O'zimni muhim o'yinchi sifatida his qila olmadim. Ko'p tanqidga uchradim», — deya xabar beradi Haqimi The Touchline'ga.

Messi 2021 yildan 2023 yilgacha «PSJ»da o'ynadi. Bu davrda u ikki marta Fransiya chempioni bo'ldi va mamlakat Superkubogini yutdi.

Haqimi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 14 ta o'yin o'tkazdi, uchta gol urdi va uchta assist berdi.