«Pari Sen-Jermen» klubi bosh murabbiyi Luis Enrique jamoa himoyachisi Ashraf Xakimining xet-trigiga munosabat bildirdi.
«Biz Xakimining nimaga qodirligini yaxshi bilamiz. U urushchi! U bazan maydonda hatto bizning forvardlarimizdan yuqoriroq joylashadi. Men faqat uchta goli bilan emas, balki uning doimiy ravishda yuqori darajada o'ynashi bilan ham hayratdaman. U eng yaxshi o'ng himoyachi», — dedi Enrike The Touchline'ga.
Frantsiya chempionatining to'qqizinchi turida «PSJ» mehmonda «Gavr»ni 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Parijanlar safida Xakimi uchta gol urdi. Godts va Mayulu ham bir marta gol urishdi.
Uchta goldan tashqari, Xakimi bu mavsumda 13 ta o'yinda uchta assist ham berdi.
