O'ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimi hozircha yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti.

Marokashlik futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilda tugaydi, ammo parijliklar o'yinchidan mamnun va yangi uzoq muddatli kelishuv tuzmoqchi. Hakimi va uning atrofidagilar yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettirishni hozircha erta deb hisoblamoqda, deb xabar bermoqda L'Equipe.

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike ham 27 yoshli futbolchining klubda uzoq muddat qolishini umid qilmoqda, deb ta'kidlaydi manba.

Juma kuni Ashraf Hakimi o'zining birinchi xet-trikini amalga oshirdi – «Gavr» ustidan (5:1) g'alaba qozondi. U uchta golga qo'shimcha ravishda ikki assist ham berdi.