«PSJ» muvaffaqiyatli mavsum o'tkazdi, lekin klub allaqachon kelajak ustida ishlamoqda va kelgusi mavsum uchun tarkib rejalari tuzmoqda. Le Parisien sahifalarida Parij jamoasining darvozabon pozitsiyasidagi vaziyat haqida maqola chiqdi. Unda «PSJ» Sufonovni asosiy darvozabon sifatida ko'rishni davom ettirayotgani aytiladi.

Shu bilan birga, Lyuka Shevalye va Renato Marin «PSJ»ni tark etishi mumkinligi qayd etilgan. Marin o'ziga ko'proq o'yin vaqti beradigan jamoaga o'tishni xohlashi mumkin. Ijaraga berish imkoniyati mavjud.