Rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy Xvicha Kvaratskhelianing «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish imkoniyatlarini baholadi.

Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, gruzin qanot o'yinchisi «PSJ»da g'alaba qozonishi qiyin, chunki o'z terma jamoasi bilan muvaffaqiyatga erisha olmaydi.

«Xvicha qiziqarli o'ynaydi, e'tiborni tortadi, lekin tarix shuni ko'rsatadiki, «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish uchun terma jamoada o'ynash muhim, ayniqsa, jahon chempionati yili», - deya ta'kidlagan Nepomnyashchiy «Chempionat»ga.

O'tgan mavsumda «Lokomotiv» va «Rubin»ning sobiq o'yinchisi parijliklar safida 48 o'yin o'tkazib, 19 gol va 13 assist yozdirgan. Gruzin ikkinchi marta ketma-ket Chempionlar ligasi sovrindori bo'ldi. Shuningdek, «PSJ» Liga 1 oltin medalini qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, «Oltin to'p»ni topshirish marosimi 26-oktabrda Londonda bo'lib o'tadi.