«PSJ»ning bosh murabbiyi Luis Enrique «Lion»ga qarshi olingan 2:0 hisobidagi g'alabadan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
Parijliklar o'z maydonida Senni Mayul va Mika Godtsning 72 va 84-daqiqalarda kiritgan gollari bilan g'alaba qozondilar. Enrique, o'yin natijalarini sarhisob qilarkan, uzoq muddatga jarohatlangan Xvicha Kvaratsheliaga to'xtaldi.
«Men bu g'alabani Kvaraga bag'ishlamoqchiman. Biz undan juda faxrlanamiz, muxlislar o'z qo'llab-quvvatlashlarini ko'rsatdilar», – deydi ispan murabbiyi ParisSG INFOSga bergan intervyusida.
«PSJ» Fransiya chempionatining 8 turidan so'ng 17 ochko to'plab, turnir jadvalining yuqori qismida joylashdi.
