«Pari Sen-Jermen» bugungi «Zolotoy myach» taqdirlash marosimida «yilning eng yaxshi klubi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Mukofotni parijliklarning hujumchisi Usman Dembele qo‘lga kiritdi va sahnada jasur bir gap aytishga jur'at etdi.
«Biz bu mukofotni ikki yil ichida ikkinchi marta qo‘lga kiritdik – bu ajoyib. Bizda ajoyib jamoa, ajoyib klub bor. Biz muxlislarni, neytral tomoshabinlarni va albatta, tanqidchilarimizni xursand qilmoqchimiz. Sizlarga rahmat», – deydi fransuz hujumchisi Actu Foot orqali.
Usman Dembele «Zolotoy myach» mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxatining o‘nligiga kirdi. O‘tgan yili «Pari Sen-Jermen» hujumchisi ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan edi.
