Fransiya chempionatining sakkizinchi turida «Monako» «Lille» bilan uchrashdi. Jamoalar 1:1 hisobida durang o'ynashdi.

Uchrashuv davomida monakolarning hujumchisi Ansu Fati soni jarohat oldi. Ispaniyalik futbolchi birinchi bo'limning 15-daqiqasida almashtirildi. Bu haqda Lequipe xabar bermoqda.

Joriy mavsumda 23 yoshli o'yinchi Ligue 1 doirasida uchta uchrashuv o'tkazdi, ammo hech qanday golli pas berolmadi.

Fati o'tgan yozda «Monako»ga Kataloniyaning «Barselona»sidan o'tdi. Transfer summasi 11 million evro bo'ldi. Ansu fransuz klubi bilan 2030 yilning iyunigacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.