«Monako» murabbiyi Filipe Luis jamoaning ispan hujumchisi Ansu Fatining jarohati haqida fikr bildirdi. O'yinchi «Lille»ga qarshi o'yinning birinchi taymida (1:1) jarohat olib, maydonni tark etdi.

«Birinchidan, biz hamma narsani tahlil qilib, unga yordam berish uchun eng mos usulni topishimiz kerak. Ba'zan biroz kutish kerak. Futbolchining maydonga qaytib, keyin yana jarohat olishini xohlamayman. Ehtiyotkorlik ko'rsatishimiz zarur», - deya ta'kidladi bosh murabbiy Lequipega bergan intervyusida.

Ma'lumki, Fati maydonni 15-daqiqada tark etdi.

Joriy fransuz Ligi 1 mavsumida hujumchi uchta o'yinda ishtirok etdi, ammo gol urishda muvaffaqiyat qozonmadi.