24 yoshli «Monako» qanot o'yinchisi Magnès Aklyush «Pari Sen-Jermen»ga o'tishi mumkin. Bu haqda PSG Report xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Frantsiya chempioni Aklyushni qo'lga kiritish bo'yicha yetakchilik qilmoqda. O'yinchining «Monako» bilan yaxshi taklif bo'lsa, yozgi transfer oynasida klub uni qo'yib yuborishi to'g'risida kelishuvi borligi aytilmoqda.
Aklyush — «Monako» tarbiyalanuvchisi. O'tgan mavsumda frantsuz barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 7 marta to'p kiritdi va 11 ta golli uzatma berdi.
Transfermarkt portalining mutaxassislari Aklyushning qiymatini 50 million evro deb baholamoqda.




