Renato Augusto, sobiq Braziliya futbolchisi, «PSJ»ning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov haqida fikr bildirdi.
- «PSJ»ning «Flamengo»ga qarshi o'yinini kuzatdim, unda Safonov o'zini ko'rsatdi. Menimcha, Matvey dunyoning eng yaxshi darvozabonlari qatorida bo'lishga loyiq. U qaysi o'rinda bo'lishi kerakligini aytish qiyin, - deydi Augusto «Match TV»ga.
Oldinroq ma'lum bo'lishicha, 26 yoshli darvozabon yilning eng yaxshi darvozaboni mukofotiga da'vogarlaridan biri hisoblanadi.
Safonov 2024 yil yozida fransuz klubiga o'tdi. O'sha paytdan beri u 52 o'yinda ishtirok etdi, 51 gol o'tkazib yubordi. 20 o'yinda esa darvozalarini «quruq» saqladi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha davom etadi.
