Milliy jamoa Rossiya va «Monako» yarimhimoyachisi Aleksandr Golovin Saudiya Arabistoni chempionatidan kelgan taklif haqida fikr bildirdi.

«Agar men «Monako»dan chiqayotgan bo'lsam, albatta, birinchi navbatda, uyga qaytishni xohlayman. Yoki Yevropada boshqa joylarga harakat qilishim mumkin. Saudiya Arabistoni - ikkinchi darajali variant», - deydi futbolchi «RB Sport»ga bergan intervyusida.

30 yoshli yarimhimoyachi 2018 yilning yozidan beri monakoliklarga xizmat qilmoqda. Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyining oxirida tugaydi. Golovinning bozor qiymati 18 million evroni tashkil etmoqda.

Hozirgi Liga 1 mavsumida Aleksandr beshta o'yinda qatnashib, ikki assist bergan.