Fransiyaning PSJ va Rossiya terma jamoasining darvozaboni Matvey Safonov milliy jamoa futbolchilaridan Parij klubiga kimlarni tavsiya qilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

«Agar men to'g'ri maslahatlar berayotganimda, ehtimol, meni bu haqda allaqachon so'ragan bo'lardilar. Buni futbolni yaxshi biladigan odamlarga qoldiraman, o'zim esa hech qanday mas'uliyatni o'z zimmamga olmayman», - dedi darvozabon «RB Sport»ga bergan intervyusida.

Ma'lumki, Safonov 2024 yil yozidan beri fransuz klubida o'ynayapti. U Parij jamoasi bilan birga ikki marta Chempionlar ligasini qo'lga kiritdi.

Rossiyalik futbolchining shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Uning bozor narxi 30 million evroni tashkil etadi.