Paryuj shahridagi «PSJ»da to'rt yil davomida o'ynagan Zlatan Ibragimovich italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti ostida ishlash baxtiga muyassar bo'ldi. U Anchelottining o'yinchilarning potentsialini qanday ochib berishi va ajoyib natijalarga erishishi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«PSJ»da o'ynagan paytimda, men undan qanday qilib bunday ajoyib muloqotni o'rnata olishini so'radim. U menga shunday javob berdi: «Agar bir pozitsiyada ikki o'yinchim bo'lsa, men har biriga navbat bilan ular dunyodagi eng yaxshilar ekanligini aytaman», - deya Ibragimovichning so'zlarini keltirmoqda pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, Ibragimovich 2023 yilda faoliyatini tugatdi.




