20 yoshli «PSJ» yarim himoyachisi Senni Mayulu Fransiya chempionlari bilan mehnat shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Mayuluning yangi shartnomasi parijliklar bilan 2031 yilning iyunigacha amal qiladi. Bitimni yopish yaqin kunlarda kutilyapti.

Ta'kidlanishicha, yarim himoyachini ikki nafar Angliya Premer-ligasi top-klublari qo'lga kiritmoqchi bo'lgan, lekin Mayulu «PSJ»da qolishga qaror qilgan.

O'tgan mavsumda Mayulu barcha musobaqalarda 41 o'yin o'tkazdi, olti marta raqib darvozasini ishg'ol qildi va beshta golli uzatma berdi.

Muallifitli Transfermarkt portalidagi mutaxassislar futbolchini 40 million evroga baholamoqda.