Fransiya chempionatining yettinchi turida «Parij» «Renn»ni 4:3 hisobida mag'lub etdi. Ushbu o'yinda yetti to'pdan to'rttasi penaltidan kiritildi, va «Renn»ning barcha uchta goli ham aynan penaltidan urildi. 

Barcha uchta golni Esteban Lepol kiritdi. U 1992 yil yanvarida «Tulon» jamoasida «Nansi»ga qarshi o'yinda Leonardo Rodrigesdan so'ng, Liganing 1-darajasida penaltidan hat-trik urgan birinchi futbolchi bo'ldi.

Fransiya chempionatining keyingi turida «Parij» 24 oktyabr kuni «Lans»ga qarshi safarda o'ynaydi. «Renn» esa o'z uyida «Strasburg» mehmonlarini kutib oladi.