Fransiyaning Ligue 1 chempionatida 7-turdan so'ng beshta jamoa turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab, bir xil ochko to'pladi («Lyon», «Pari Sen-Jermen», shunchaki «Parij», «Lill» va Monako) — bunday holat yuqori divizion tarixida ilk bor kuzatilmoqda.

Ularning har biri 14 ochko to'plagan - bu o'rtacha har o'yinda 2 ochko demakdir. Faqat gol farqi farq qiladi - shuning uchun hozirgi kunda rasmiy lider «Lyon» hisoblanadi, u kelasi turda mamlakat chempioni – «PSJ» bilan o'ynaydi. Bu o'yin 25-oktabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.